Maksim Shatskix: «O'ylaymanki, ertaga qiziqarli va jiddiy o'yin bo'ladi»
OCHL 2 “B” guruhidagi “Arkadag” - “Andijon” uchrashuvi oldidan bugun stadionda matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda dastlab Andijon jamoasi bosh murabbiyi Maksim Shatskix ishtirok etishdi.
Siz ilgari “Paxtakor” bilan turkman jamoalariga qarshi ishtirok etgansiz va o'zaro o'yinlarda tajribangiz bor. Masalan, durang bo'lgandi. "Arkadag" yangi tashkil etilgan jamoa. OFK “Chaqiriq Kubogi”ni ham yutdi. Bu klubni kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rgandingizmi?
- Birinchi navbatda hammaga xayrli kech. Biz jamoa xaqida maksimal ma'lumot olishga erishdik. CAFA turniri orqali hamma o'yinlarini tahlil qildik. Jamoani o'tgan yilgi “Chaqiriq Kubogi”dagi yarim final va final o'yinlarini ko'rib chiqdik. Bizda tahlil qilish uchun yetarli vaqt bo'ldi. Guruhdagi birinchi o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga biz Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o'ynashimizni tushinib turibmiz. Termaning 99 foiz o'yinchilari “Arkadag” jamoasi o'yinchilari sanaladi. Biz bu o'yinga jiddiy tayyorlandik. Aksiga olib biz bu turnirda yangimiz. O'ylaymanki, ertaga qiziqarli va jiddiy o'yin bo'ladi. Tezkor va tartibli o'yin namoyish etamiz, deb umid qilaman. Asosiysi, natija. Biz bu yerga durang uchun kelganimiz yo'q, tabiiyki, g'alaba uchun o'ynaymiz.
- Maksim Aleksandrovich, jamoangizning hozirgi holati qanday?
- Hammasi yaxshi. Parvozimiz ham yaxshi bo'ldi. O'yinga qilgan rejamizni amalga oshiramiz, albatta.
- “Andijon” OCHL 2 da yangi jamoa. “Arkadag” ham debyutini o'tkazadi. Guruhdagi jamoalarning imkoniyati haqida nima deya olasiz?
- O'ylaymanki, to'rtala jamoaning vazifasi guruhdan chiqish. Hech kim buni yashirmaydi. Bizda ham shu maqsad. Ertagalik o'yin orqali maqsad sari oldinga boramiz.
- Eshitishimizcha, “Andijon” tarkib masalasidagi ishlarini hali to'liq yakunlamagan va tarkib kuchaytirilishi kutilmoqda ekan...
- Rejamiz bor, hali hech narsa ayta olmayman. Lekin hozir ham izlanishdamiz.