Maksim Shatskix: \"Ertaga ko'zlarimiz \"yongan\" holda maydonga tushamiz\" (to'liq matbuot anjumani)
Ertaga O'zbekiston Superkubogi doirasidagi “Nasaf”-"Andijon" qarama-qarshiligi bo'lib o'tadi. Ushbu o'yin oldidan “burgutlar” bosh murabbiyi Maksim Shatskix matubout anjumani ishtirok etdi:
“Ertangi uchrashuv boshqa finallar kabi bir o'yindan iborat bo'lgani uchun albatta qiziqarli bo'lishi tabiiy va o'ylaymanki muhit ham ajoyib bo'ladi. Stadion muhlislarimiz bilan to'lib-toshadi deb umid qilaman. Andijonlik muhlislar ko'z o'ngida yaxshi o'yin namoish etib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Bitta o'yinlik finalda bor kuchimizni beramiz hamda unchalik ham boy bo'lmagan ”Andijon" klubining tarixiga o'z nomimizni yozdirib qo'yishni xohlaymiz. Buning uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.
Men uchun bu nechinchi final ekanligini ahamyati yo'q va bu haqida o'ylamayapman. “Paxtakor” bilan ikki marta Superkubokda o'ynadim degan narsa ham hayolimga kelayotgani yo'q. Balki futbolchilar uchun bu qo'shimcha motivatsiyadir, lekin men uchun unday emas. Aytib o'tganimdek, ertaga ko'zlarimiz yongan holda maydonga tushamiz.
Men kelganimdan beri jamoa uzoq muddatdan beri g'alaba qozona olmayapgan edi. Qo'l ostimda birinchi bahsni afsuski yutqazdik, ammo ikkinchi uchrashuvda g'alaba qozondik. Bu tushkunlikdan chiqib ketishimiz kerak edi. Final oldidan bizga g'alaba kerak edi. Ertangi g'alabadan keyin futbolchilar yanada yaxshiroq kayfiyatda maydonga tushadi.
Balki bugun mashg'ulotlardan keyin penaltilar seriyasini amalga oshirib ko'rarmiz, biroq penaltilar seriyasiga alohida tayyorlanishni iloji yo'q. Buni mashg'ulotda amalga oshirib bo'lmaydi.
Biz faqat standart vaziyatlarga urg'u bermayapmiz, balki avvalgi mavsumda jamoada ishlagan murabbiylar shtabi bu ishni qilgandir, lekin bizda hozirgi kunda standartlardan tashqari boshqa bir qator qo'shimcha ishlanmalarimiz bor. Agar bunga imkon bo'lsa, ertaga sinab ko'ramiz. Aniq aytishim mumkinki, jamoamiz faqatgina standartlarga tayinib o'ynamaydi.
Meni fan klub va muhlislar bilan shahsan munosabatim juda yaxshi. Ular bilan har kuni ko'rishamiz va suhbatlashamiz. Balki, men kelishimdan oldin munosabat yomon bo'lgandir, lekin u endi tarix. Muhlislar bilan suhbatlashib ularga aytgan birinchi gapim biroz sabrli bo'lishlari kerak haqida bo'ldi. Birdaniga kelib jamoada nimadirlarni o'zgartirib yuborish juda qiyin, bunga vaqt kerakligini ularga tushuntirdim va ular ham tabiiyki bizni tushunishdi. Biz ham muhlislarni ishonchini oqlashga va yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Muhlislar futbolni yaxshi tushunishadi hamda g'alabasiz o'yinlardan keyin salbiy fikrlar bildirishlari tabiiy. Boshqa fan klublar kabi bular ham jamoa g'alaba qozonishini xohlaydi.
Shahsiy fikrimcha Doniyor Abdumannopov hozirgi kunda O'zbekistondagi eng yaxshi hujumkor futbolchi. Bu futbolchini Milliy terma jamoaga nima uchun chaqirilmayotgani men uchun biroz syurpriz holat. Balki keyinroq terma jamoa murabbiylari unga ham imkon berishadi degan umitdaman.
Baxtimizga ayrim futbolchilarimiz jarohatdan tuzalib safimizga qaytishdi, biroq hali ham yo'qotishlar mavjud. Bulardan biri Oleg Zateyev. U 21 jamoamizda ham katta futbol nafasini his qilib ko'rgan futbolchilar bor. Balki imkoni bo'lsa ertaga ularga ham imkon berarmiz.
Bizda Arveladze ketgan, lekin Toirov bor. U safga qaytdi. Undan foydalanishimiz mumkin. Tarkibda, tayanch himoyasida va umuman olganda men xohlagan futbolchilarning hammasi ham bor deb ayta olmayman. Bor imkoniyatimizdan foydalanishga majburmiz. Menga qolganda umuman boshqa uslubdagi futbolchilarni jamoaga yig'gan bo'lar edim, lekin bu hozircha meni qo'limdagi narsa emas",-deydi mutaxassis