locale OZ

Maksi Rodriges: «Messi yana jahon chempioni bo‘lishni xohlaydi»

Argentina sobiq a'zosi Lionel haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maksi Rodriges: «Messi yana jahon chempioni bo‘lishni xohlaydi»
ФОТО: Getty images

Argentina terma jamoasi faxriysi Maksi Rodriges milliy jamoa afsonasi Lionel Messining motivatsiyasi nima ekanligi haqida gapirdi.

“Messini shon-shuhratga bo‘lgan tashnalik va yana tarixga kirish istagi olg‘a undaydi. U oldinga borishda davom etmoqda – hech narsa uni to‘xtata olmaydi. O‘z mamlakati g‘ururi uchun o‘ynaydi: uning xayoliga boshqa hech narsa, hatto rekordlarni yangilash ham kelmaydi.

U yana jahon chempioni bo‘lishni xohlaydi. U yana bor kuchini ishga solmoqda, chunki bu chanqoqlik uning shaxsiyatining bir qismidir. Bunday munosabat va maqsadga intiluvchanliksiz u erishgan barcha yutuqlariga erisha olmasdi. Aynan shuning uchun biz Argentina terma jamoasining afsonaviy 10-raqamli libosida u bilan birga yana bir jahon chempionatidan zavqlanishimiz mumkin”, – deya Rodrigesning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting