locale OZ

Maks Doumen APLda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi

«Arsenal» yarimhimoyachisi «Everton»ga qarshi oʻyinda oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maks Doumen APLda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» yarimhimoyachisi Maks Doumen Angliya Premyer-ligasining 30-turidan o‘rin olgan «Everton»ga (2:0) qarshi uchrashuvda maydonga tushib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu gol evaziga futbolchi Premyer-liga tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi. Bu haqda musobaqaning rasmiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berildi.

Gol urilgan vaqtda futbolchi 16 yosh-u 73 kunlik edi, bu esa yangi rekord natija hisoblanadi. Bungacha mazkur rekord 2005 yilda «Everton» safida 16 yosh-u 270 kunligida gol urgan Jeyms Vonga tegishli edi.

Ayni damda «Arsenal» 70 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting