locale OZ

Makgregor: «BAA'ga sababsiz hujum qilgan har qanday shaxs mening dushmanimdir»

Irlandiyalik UFC jangchisi Eronning BAA'ga qilgan zarbalariga munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Makgregor: «BAA'ga sababsiz hujum qilgan har qanday shaxs mening dushmanimdir»
FOTO: Getty Images

UFC’ning yarimyengil (66 kg gacha) va yengil (70 kg gacha) vazn toifalaridagi sobiq chempioni, 37 yoshli irlandiyalik Konor Makgregor Eronning Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) qilgan zarbalariga o‘ziga xos munosabat bildirdi.

«BAAga hech bir sababsiz hujum qilgan har qanday shaxs Makgregorlar oilasi uchun o‘limga mahkum dushmandir», — deb yozdi sportchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik jangchi 2021 yilning iyul oyidan buyon MMA bo‘yicha janglarda ishtirok etmadi. O‘shanda UFC 264 turnirida u amerikalik Dastin Porye bilan to‘qnash kelib, birinchi raundda oyog‘idan olgan jarohati sababli texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan edi.

Konor Makgregor o‘zining professional faoliyati davomida jami 22 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting