Makginn: «Bu — mening faoliyatimdagi eng muhim kun»
"Aston Villa" Yevropa ligasi g'olibiga aylandi.
ФОТО: Getty images
“Aston Villa” yarim himoyachisi Jon Makginn Yevropa ligasi finalida “Freiburg” ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
«Bu — mening faoliyatimdagi eng muhim kun. Bu lahzadan maksimal darajada bahra olishga harakat qilaman. Ilgari do'stlarim Endryu Robertson va Jek Grilishning g'alabalarini kuzatganman. Endi esa navbat menga keldi. Balki bu g'alaba ularning g'alabasidek katta emasdir, ammo men uchun juda muhim. Har bir daqiqadan zavq olmoqdaman», — dedi Makginn TNT Sportsga bergan intervyusida.
Qayd etish joiz, finalda "Aston Villa" "Freiburg"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, o'z tarixida ilk bor Yevropa ligasi g'olibi bo'ldi. Shu tariqa, klub ushbu musobaqada zafar quchgan oltinchi ingliz jamoasiga aylandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist