locale OZ

Makfarleyn: «Biz mavsum oxirigacha har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz»

Kalum jamoasining mag'lubiyati haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Makfarleyn: «Biz mavsum oxirigacha har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz»
ФОТО: Getty images

«Chelsi» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarleyn Angliya Premyer-ligasining 35-turida «Nottingem Forest»ga qarshi uy uchrashuvidagi (1:3) mag‘lubiyatga izoh berdi.

«Men bu jamoani bilaman. Men ularni ancha vaqtdan beri taniyman va ular shijoatli. Ular o‘zlari uchun eng yaxshisini xohlashadi. Ular bu klub uchun eng yaxshisini xohlashadi. Va biz mavsum oxirigacha har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.

Hozir men butun e’tiborimni qarata oladigan narsa — bu ertangi kun, ertangi mashg‘ulot, biz o‘yinni tahlil qilamiz, sababini tushunishga harakat qilamiz va besh kundan keyin «Liverpul»ga qarshi yuqoriroq darajadagi o‘yinni ta’minlashga harakat qilamiz», — dedi 40 yoshli Makfarleyn matbuot anjumanida.

«Chelsi» APL turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi — jamoa hisobida 35 ta o‘yindan so‘ng 48 ochko bor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting