Makelele: «Mbappe “Oltin to‘p”ga munosib, u oʻz avlodining fenomeni»
“Real”ning sobiq yarim himoyachisi Klod Makelele Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘llab-quvvatlab, unga “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishini tiladi.
“Men chin dildan Mbappening “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishini istayman. Balki u bu mavsum “Real” bilan sovrinlar yuta olmagandir, ammo jahon chempionatida haqiqatan ham favqulodda o‘yin namoyish etmoqda.
Kilianning yildan-yilga barqaror yuqori darajada harakat qilishi uni Ronaldoga yanada ko‘proq taqqoslashga sabab bo‘lmoqda. Ronaldoni bekorga “Fenomen” deb atashmagan. Menimcha, Mbappeni ham oʻz avlodining fenomeni deb atash mumkin.
Ishonamanki, Kilian hali bizga koʻplab syurprizlar tayyorlab qo‘ygan. Mening nazarimda, aynan Mbappe hozir Ronaldoning merosiga eng yaqin kelgan futbolchi”, — dedi Makelele. Uning so‘zlarini Marca nashri keltirmoqda.
Qayd etish joiz, Mbappe 2026 yilgi jahon chempionatida 6 ta uchrashuvda 8 ta gol urib, turnirning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 19 iyul kuni yakunlanadi. Yarim finalda Fransiya — Ispaniya hamda Angliya — Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.