locale OZ

Makallister «Real»ga o'tishi mumkin

Argentinalik futbolchi jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Makallister «Real»ga o'tishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallister Madridning "Real" klubi qiziqish doirasiga tushgan.

Football Insider xabariga ko'ra, ingliz klubi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar cho'zilib ketgani vaziyatni o'zgartirgan.

Tomonlar hozircha kelishuvga erisha olmagan va bu "Real" uchun transfer imkoniyatini ochgan. Madridliklar argentinalik futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda.

"Liverpul" tarkibni yangilash jarayonini boshlamoqda va shu sabab ayrim yetakchi futbolchilar bilan xayrlashish ehtimoli ham ko'rib chiqilmoqda.

Ma'lumot uchun, Makallister ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta bahsda maydonga tushib, 5 gol va 5 golli uzatma muallifiga aylangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting