locale OZ

Mak Allister “Liverpul”ning munosabatidan norozi

Argentinalik futbolchi jamoadoshlari Dominik Soboslay va Rayan Gravenberx bilan yangi shartnomalar imzolangani, biroq o‘ziga bunday taklif berilmaganidan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.
Mak Allister “Liverpul”ning munosabatidan norozi
Foto: Getty Images

“Liverpul” yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister klub rahbariyatining unga nisbatan munosabatidan norozi ekanini yashirmadi. Argentinalik futbolchi jamoadoshlari Dominik Soboslay va Rayan Gravenberx bilan yangi shartnomalar imzolangani, biroq o‘ziga bunday taklif berilmaganidan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.

Mak Allisterning so‘zlariga ko‘ra, uning vakillariga “Liverpul” hozircha yangi shartnoma taklif qilishga tayyor emasligi ma’lum qilingan. “Bu xabar meni juda xafa qildi”, — dedi 27 yoshli futbolchi. Uning amaldagi kelishuvi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Argentinalik yarim himoyachi yozgi transfer oynasida boshqa klublarga o‘tish imkoniyatlari bo‘lganini ham tasdiqladi. Shunga qaramay, u “Liverpul”da qolishni tanlagan va hozirgi jamoasi uchun bor kuchini berishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Mak Allister “Liverpul”ga 2023-yil yozida “Brayton”dan kelib qo‘shilgan. Joriy APL mavsumida u uchta uchrashuvda maydonga tushib, hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting