locale OZ

Mahrez – jahon chempionati tarixida 35 yoshdan keyin assist bergan 2-afrikalik futbolchi

Ma'lumotni Actu Foot tarqatdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mahrez – jahon chempionati tarixida 35 yoshdan keyin assist bergan 2-afrikalik futbolchi
ФОТО: Getty images

Jazoir terma jamoasi hujumchisi Riyod Mahrez 35 yosh 4 oyligida jahon chempionati tarixida assist bergan eng yoshi katta afrikalik futbolchilar orasida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bu boradagi rekord hali-hanuz Kamerun terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Roje Milla nomiga tegishli. U 1990 yil 1 iyul kuni Angliyaga qarshi o‘yinda 38 yosh 1 oyligida gol uzatmasi amalga oshirgan edi. Ma'lumotni Actu Foot tarqatdi.

Mahrez Iordaniyaga qarshi o‘yinda assist amalga oshirdi. 23 iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv Jazoirning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikki turdan so‘ng Jazoir J guruhida 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 28 iyun kuni Avstriyaga qarshi o‘tkazadi — bu guruh bosqichining 3-tur bahsi bo‘ladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting