locale OZ

Mahmud Maxamadjonov — «Dinamo» Maxachqala klubiga transfer qilindi

«Andijon» klubining 23 yoshli qanot himoyachisi Mahmud Maxamadjonov Rossiya premer-ligasi ishtirokchisi — Maxachqalaning «Dinamo» klubiga transfer qilindi.
Mahmud Maxamadjonov — «Dinamo» Maxachqala klubiga transfer qilindi
photo: Andijon fk

Mahmud Maxamadjonov — «Dinamo» Maxachqala klubiga transfer qilindi!

«Andijon» klubining 23 yoshli qanot himoyachisi Mahmud Maxamadjonov Rossiya premer-ligasi ishtirokchisi — Maxachqalaning «Dinamo» klubiga transfer qilindi.

Futbolchining transfer qiymati 250 ming dollarga baholandi.


Mahmud Maxamadjonov jamoamiz safiga joriy yil boshida qo'shilgan edi. U «Andijon» tarkibida Superligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. O'zbekiston Kubogi bahslarida esa 3 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani bajardi va muxlislar qalbidan joy egalladi. Umumiy hisobda, “Burgutlar” safida o'tgan vaqt davomida barcha – 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Mahmud Maxamadjonovga jamoamiz safidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildiramiz va Rossiya premer-ligasidagi yangi faoliyatida omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Mahmud, hammasi uchun rahmat!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting