locale OZ

Mahmud Jo‘raboyev — «Mash’al» futbolchisi

Jo‘raboyev O‘zbekiston U18, U21 va U23 terma jamoalari safida ham to‘p surib, xalqaro darajada tajriba orttirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mahmud Jo‘raboyev — «Mash’al» futbolchisi
Фото: Машъал ПФК

Yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirayotgan Muborakning “Mash’al” jamoasi qishki transferlar oynasida navbatdagi transferni amalga oshirdi. Endilikda jamoamiz hujum chizig‘ini iqtidorli forvard Mahmud Jo‘raboyev to‘ldiradi.

Klub va futbolchi o‘rtasida ikki yillik shartnoma imzolandi. 22 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumni G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi safida o‘tkazdi. U mazkur mavsumda O‘zbekiston Superligasida 8 ta, O‘zbekiston Kubogi bahslarida esa 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.

Shuningdek, Mahmud Jo‘raboyev O‘zbekiston U18, U21 va U23 terma jamoalari safida ham to‘p surib, xalqaro darajada tajriba orttirgan.

“Mahmud Jo‘raboyevning jamoaga qo‘shilishi “Mash’al”ning oldingi chizig‘ida raqobatni oshirish hamda hujumdagi imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan. Yosh va harakatchan forvard yangi mavsumda jamoamiz maqsadlari yo‘lida bor kuchini ishga solishi kutilmoqda”, - deyiladi klub xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting