locale OZ

Mahamadu Dembele – Dinamo futbolchisi

Dembele va Samarqand klubi o‘rtasida bir yillik shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mahamadu Dembele – Dinamo futbolchisi
Фото: Динамо ПФК

2026-yilgi yangi futbol mavsumi oldidan “Dinamo” jamoasi safini yana bir yangi o‘yinchi to‘ldirdi.

“Dinamo” PFK fransiyalik 26 yoshli markaziy himoyachi Mahamadu Dembele bilan rasmiy kelishuvga erishilganini ma’lum qiladi. Dembele va Samarqand klubi o‘rtasida bir yillik shartnoma imzolandi.

Mahamadu Dembele “PSJ” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, Parij klubi hamda Fransiya U16, U18, U20, U21 yoshlar terma jamoalari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, o‘tgan yillar davomida Fransiyaning “Trua”, Belgiya “Seren United”, Albaniyaning “Tirana” klublarida ham to‘p surgan. Dembele “Dinamo”ga erkin agent sifatida o‘tdi. So‘nggi ikki mavsumda klubi safida 45 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifi bo‘lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting