Maguayr «MYU»da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor
Harri 2019 yildan beri manchesterliklar safida harakat qilib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr jamoada qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi “qizil iblislar”da qolishni xohlamoqda. Uning klub bilan amaldagi bitimi kelasi yilning yoziga qadar amal qiladi.
Qayd etilishicha, 32 yoshli Maguayr jamoada qolish uchun maoshini ham kamaytirishga rozi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klub unga yiliga soliqlardan tashqari 9,9 million funt to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, u 2019 yildan beri manchesterliklar safida harakat qilib kelmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist