locale OZ

Maguayr «MYu»da qolish uchun maoshini kamaytirishga ham rozi

Futbolchining shartnomasi yozda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maguayr «MYu»da qolish uchun maoshini kamaytirishga ham rozi
ФОТО: Getty images

“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr faoliyatini klub safida yakunlashni istamoqda. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi “qizil iblislar” bilan shartnomasini uzaytirish uchun maoshining sezilarli darajada qisqarishiga ham rozi bo‘lishga tayyor.

Futbolchining “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Himoyachi klub safida jami 259 ta bahsda maydonga tushib, 17 ta gol urdi hamda 9 ta assist amalga oshirdi.

“Manchester Yunayted” esa Angliya chempionatining turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting