locale OZ

Maguayr «MYU» mashgʻulotlariga qaytdi

Angliyalik himoyachi jarohatida forigʻ boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maguayr «MYU» mashgʻulotlariga qaytdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» himoyachisi Harri Maguayr jarohatdan so‘ng jamoaning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi Angliya Premer-ligasining 21-turi doirasida «Byornli»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Shuningdek, «qizil iblislar» yarimhimoyachisi va sardori Brunu Fernandesh ham umumiy guruhga qaytgan.

Harri Maguayr joriy mavsumda klub safida 9 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning hozirgi bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Bruno Fernandesh esa bu mavsumda mankunianlar safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan. Portugaliyalik futbolchining transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.

Ayni paytda «Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting