Maguayr JCh-2026 tarkibidan tushib qolganidan hayratda
«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Harri Maguayr Angliya terma jamoasining boʻlajak Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasiga kiritilmaydi. Bu haqda insayder jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaning taʼkidlashicha, 33 yoshli futbolchi bosh murabbiy Tomas Tuxel boshchiligidagi murabbiylar shtabining ushbu qaroridan butunlay shok holatiga tushgan.
Maʼlumot uchun, Garri Maguayr 2017 yildan buyon Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Oʻtgan davr mobaynida tajribali himoyachi barcha turnirlar doirasida 66 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Maguayr 2026 yilda terma jamoa safida Urugvay (1:1) va Yaponiya (0:1) terma jamoalariga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etgandi.