locale OZ

Magnes Akliush “PSJ”ga o‘tishga yaqin

Ushbu transfer Bredli Barkolaning kelajagiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Magnes Akliush “PSJ”ga o‘tishga yaqin
Foto: Getty Images

“Monako”ning hujumkor yarim himoyachisi Magnes Akliush faoliyatini “PSJ”da davom ettirishga yaqin turibdi.

Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi ta’tildan qaytgach, Parij klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. “Monako” va “PSJ” transfer bo‘yicha 50 million yevrolik kelishuvga erishgani aytilmoqda.

Ushbu transfer Bredli Barkolaning kelajagiga ham ta’sir qilishi mumkin. Fransiyalik vingerni “Liverpul” va “Arsenal” kuzatib bormoqda.

Akliush “Monako”ning asosiy jamoasi safida 139 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 23 ta gol urgan va 28 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting