locale OZ

Magalyaesh jarohati sabab bir necha hafta maydonga tusha olmaydi

«Arsenal» himoyachisi Senegalga qarshi o'rtoqlik o'yinida safdan chiqqandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Magalyaesh jarohati sabab bir necha hafta maydonga tusha olmaydi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Gabriel Magalyaesh bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta bu ma’lumotni tasdiqladi.

«Gabriel bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. Keyingi chorshanba kuni yana bir tekshiruv o‘tkazamiz. Bu zarba, ammo bizda juda yaxshi variantlar bor — endi futbolchilar faollashishi kerak», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrizio Romano.

Himoyachi avvalroq Braziliya milliy jamoasi safida Senegalga qarshi oʻrtoqlik o‘yinida jarohat olgan edi.

Mashhur Transfermarkt portaliga ko‘ra, Gabriel Magalyaeshning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting