Maftuna Jonimqulova bilan shartnoma muddati uzaytirildi
Shuningdek, tajribali darvozabon xalqaro maydonlarda ham jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Фото: Насаф ПФК
"Nasaf" futbol klubi rahbariyati "Sevinch" jamoasi va ayollar milliy terma jamoasi a’zosi Maftuna Jonimqulova bilan mehnat shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi.
Maftuna jamoamiz tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jonimqulova jamoamiz bilan besh marotaba O‘zbekiston Chempionligi, besh marotaba O‘zbekiston Kubogi, to‘rt marotaba O‘zbekiston Superkubogi va ikki marotaba Oliy liganing ikkinchi o‘rinini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, tajribali darvozabon xalqaro maydonlarda ham jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
“Ishonamizki, ushbu hamkorlik kelgusi yilda ham jamoamiz uchun katta foyda keltiradi”, - deyiladi xabarda,
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist