locale OZ

Madueke YChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

«Arsenal» vingeri «Bryugge»g qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Madueke YChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» va Angliya milliy jamoasi vingeri Noni Madueke UEFA Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi. 10-dekabr kuni u «Bryugge»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.

Madueke birinchi golni qanotdan ichkariga kirib, jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba bilan urdi. Ikkinchi gol esa chap qanotdan berilgan uzatmadan so‘ng bosh bilan amalga oshirildi — hisob 2:0 bo‘ldi. «Arsenal»ning uchinchi golini Gabriel Martinelli kiritib, yakuniy natijani 3:0 qilib qo‘ydi.

Haftaning eng yaxshisi uchun o‘tkazilgan ovoz berishda Madueke Sharl De Ketelare («Atalanta»), Oskar Glux («Ayaks») va Jyul Kunde («Barselona»)ni ortda qoldirdi.

Noni Madueke «Arsenal»ga 2025 yil yozida kelgan. Unga qadar ikki yarim yil davomida «Chelsi» sharafini himoya qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting