locale OZ

Maduеke «Arsenal» bilan besh yillik shartnoma imzoladi — manba

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maduеke «Arsenal» bilan besh yillik shartnoma imzoladi — manba
Photo: Getty Images

«Chelsi» futbolchisi Noni Maduеke faoliyatini Londondagi boshqa klubda davom ettirishga juda yaqin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Maduеkеning xizmatiga “Arsenal” jiddiy qiziqmoqda.

“Kanonirlar” u bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Tez orada klub bu xabarni e’lon qilishi kutilmoqda.

“Rasmiy xabar keyinroq e’lon qilinadi. Shartnoma 2030 yilning yozigacha amal qiladi”, – dedi Romano.

Eslatib o‘tamiz, Maduеke 2023 yilning qishida «PSV»dan “Chelsi”ga o‘tgan edi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting