locale OZ

Madridning Real klubi sobiq futbolchisi Chempionlar ligasidagi eng kuchli jamoalarni aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Madridning Real klubi sobiq futbolchisi Chempionlar ligasidagi eng kuchli jamoalarni aytdi
Madridning Real klubi sobiq futbolchisi Chempionlar ligasidagi eng kuchli jamoalarni aytdi

Madridning «Real» jamoasining sobiq futbolchisi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Sami Xedira YECHLning joriy mavsumidagi eng kuchli ikki jamoani nomladi.

Goal.com portali nemis futbolchisining so‘zlarini keltiradi:
«Hozirgi kunda Chempionlar ligasida eng kuchli ko‘rinayotgan jamoalar – bu «PSJ» va «Barselona». Hans-Diter Flik jamoani to‘liq nazorat qilyapti. U kataloniyaliklarga ishonch bag‘ishladi va o‘z o‘yin qarashlarini yuklay oldi».

Chempionlar ligasi chorak finali birinchi uchrashuvida «Barselona» Dortmundning «Borussiya» jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi. «PSJ» esa «Aston Villa» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Javob uchrashuvlari 15 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo‘lib o‘tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting