Madridning “Real” klubi investori Kloppni jamoa bosh murabbiyi sifatida ko‘rishni istamoqda
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peresning yaqin hamkori va mashhur investor - marokashlik Anas Lagrari Yurgen Kloppni jamoa bosh murabbiyi sifatida ko‘rish istagini bildirdi.
Marokashlikning so‘zlarini radiobodlovchi Raul Varela Marca radiostansiyasi efirida shunday yetkazdi: “U Kloppning katta muxlisi. Oxirgi haftalarda, ehtimol, hatto oylarda aynan Lagrari Peresga Klopp nomzodini ko‘rib chiqishni taklif qilgan. Bu o‘sha Klopp — “Liverpul”ni juda muhim sabab bilan tark etgan mutaxassis”.
Avvalroq Kloppning vakili Mark Kositske o‘z shogirdining murabbiylik faoliyatiga qaytayotgani haqidagi xabarlarni rad etgan edi. Joriy 2024/25 mavsumida “Real” 69 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda va peshqadam “Barselona”dan to‘rt ochkoga orqada.