Madridning \"Real\" jamoasi Angliyaning \"Arsenal\" klubi yulduzini xarid qilmoqchi
Madridning "Real" jamoasi Angliyaning "Arsenal" klubi yulduzini xarid qilmoqchi
Todofichajes manbasining xabar berishicha, madridliklar Angliya terma jamoasi va Londonning "Arsenal" klubi hujumkor yarimhimoyachisi Bukayo Sakani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Madrid klubi rahbariyati Bukayoninng UEFA Chempionlar ligasi chorak finalidagi o'yinidan katta taassurot oldi.
Eslatib o'tamiz, ikki o'yin natijasiga ko'ra "Real" "Arsenal"ga 1:5 hisobida mag'lub bo'lib, nufuzli turnirni tark etdi. Sakaning "Arsenal" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 150 million yevro deb baholamoqda. Bukayo joriy mavsumda "Arsenal" safida turli musobaqalarda 29 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 13 ta golli pas berdi.
Bakradze Iman
Redaktor