Madrid klublari Mainu uchun kurashmoqda
Uning klub bilan kelishuvi 2027 yilgacha davom etadi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Mainu "Atletiko" e'tiboriga tushdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" tarbiyalanuvchisiga "Real" va "Napoli" tomonidan ham qiziqishlar bo'lmoqda. "Real" yozda futbolchini ijaraga olishga harakat ham qilib ko'rgandi.
Qayd etilishicha, Mainuning agenti "Atletiko"ning bir qancha futbolchilari bilan ishlaydi. Ushbu faktor Mainuning "Atletiko"ga o'tishiga sabab bo'lishi mumkin.
Kobbi joriy mavsumda MYu tarkibida 5 o'yinda qatnashib, 1 ta golga assist bo'ldi. Uning klub bilan kelishuvi 2027 yilgacha davom etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist