Lyuke Shevalye Fransiya milliy jamoasidagi debyut oʻyinida antirekord qayd etdi
Fransiya terma jamoasi darvozaboni Lyuka Shevalye milliy jamoa safida debyut qilgan uchrashuvda eng tez golni o‘tkazib yubordi.
Futbolchining darvozasiga to‘p 3 daqiqa 4 soniyadan keyin kirdi va bu so‘nggi 90 yil ichida Fransiya milliy jamoasi debyutantlari orasidagi antirekordga aylandi.
Ushbu voqea yakshanba kuni sodir bo‘ldi. Fransiya milliy jamoasi Ozarbayjonni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinning 4-daqiqasida Ozarbayjon futbolchisi Renat Dadashov fransuzlar darvozasiga yagona golni urdi.
Fransiya darvozabonining debyut uchrashuvida shunday tez golni qabul qilishi 1935 yildan buyon qayd etilmagan. Shu yili Rene Lyense ham milliy jamoa safida birinchi o‘yinida 4-daqiqada gol o‘tkazgan edi. Luka Shevalye ishtirokidagi bu epizod Fransiya futboli statistikalariga kiritildi.