locale OZ

Lyuka Shevalye faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin

Darvozabonning PSJdagi mavqei tobora zaiflashib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lyuka Shevalye faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

PSJ darvozaboni Lyuka Shevalye Italiyaga koʻchib oʻtishi mumkin. Jeunesfooteux nashrining xabar berishicha, fransiyalik posbon xizmatiga «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martinesni transfer qilish jarayonida Angliya klublari tomonidan jiddiy raqobatga duch kelgan «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Shevalyening PSJdagi mavqeyi tobora zaiflashib bormoqda, chunki Safonov kelgusi mavsum uchun asosiy darvozabon sifatida allaqachon tasdiqlangan.

Manbaga koʻra, agar turinliklar fransiyalik futbolchini qoʻlga kiritishga urinib koʻrishga qaror qilishsa, bu sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasi koʻrinishida boʻladi. Bu esa darvozabon mavsum davomida sinovdan oʻtayotgan bir vaqtda klubga moliyaviy moslashuvchanlikni taʼminlash imkonini beradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting