locale OZ

Lyuka Din PSJ bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi - Romano

Ma'lum qilinishicha, transfer JCh-2026 yakunlanganidan so‘ng rasman e'lon qilinadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lyuka Din PSJ bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi - Romano
Foto: Getty Images

Fransiya terma jamoasi va Angliyaning "Aston Villa" klubi himoyachisi Lyuka Din faoliyatini PSJda davom ettirishga yaqin turibdi.

Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, tomonlar uch yillik shartnoma borasida to‘liq kelishuvga erishgan. Endi Parij klubi futbolchining 10 million yevrodan kamroq bo‘lgan tovon pulini to‘lab, transferni rasman yakunlashi kutilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, transfer JCh-2026 yakunlanganidan so‘ng rasman e'lon qilinadi. Shu tariqa, 32 yoshli himoyachi faoliyatida ikkinchi bor PSJ libosini kiyadi. U avval ham 2013–2016-yillar oralig‘ida Parij klubi safida to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, Lyuka Din faoliyati davomida "Lill", "Roma", "Barselona", "Everton" va "Aston Villa" klublarida ham o‘ynagan. Endi esa tajribali chap qanot himoyachisi PSJ safida yangi bosqichni boshlash arafasida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting