Lyuis Hemilton Buyuk Britaniya Gran-prisida faoliyatini yakunlaydi — manba
Formula-1 bo‘yicha yetti karra jahon chempioni, 41 yoshli britaniyalik poygachi Lyuis Hemilton 2026 yilgi Buyuk Britaniya Gran-prisida faoliyatini yakunlashini e’lon qiladi. Bu haqda niderlandiyalik jurnalist Luis Dekker xabar bermoqda.
«Silverstounda Lyuis Hemilton muhim bayonot bilan chiqish qiladi. Nazarimda, Hemilton 2026 yilgi mavsumdan so‘ng o‘z faoliyatini yakunlashini e’lon qiladi», — dedi Dekker.
Ma’lumot uchun, Lyuis Formula-1'da 2006 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. U o‘z debyutini Britaniyaning «Maklaren» jamoasi safida amalga oshirgan va 2008 yilda ilk chempionligini aynan shu jamoada qo‘lga kiritgan. 2013 yildan boshlab Hemilton «Mersedes» sharafini himoya qilib, yana oltita chempionlik unvoniga ega chiqdi. 2025 yildan esa britaniyalik poygachi «Ferrari» jamoasi a’zosiga aylandi.