locale OZ

Lukman murabbiy bilan mojaro sabab «Atalanta»ni tark etishi mumkin

Yozda unga «Inter» va «Bavariya» qiziqish bildirgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lukman murabbiy bilan mojaro sabab «Atalanta»ni tark etishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Atalanta» hujumchisi Ademola Lukman jamoa bosh murabbiyi Ivan Yurich bilan kelishmovchilik sabab klubni tark etishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, nigeriyalik futbolchi va murabbiy oʻrtasidagi mojaro Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan oʻrin olgan «Marsel»ga (1:0) qarshi oʻyinda yuz bergan.

75-daqiqada zaxiraga olingan Lukman murabbiyga norozi ohangda nimanidir aytgach, Yurich uning qoʻlidan ushlab, unga keskin javob qaytargan. Ularni ajratishga murabbiylar shtabidan bir xodim aralashgan.

Maʼlumot uchun, Lukman joriy mavsum barcha turnirlarda 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting