locale OZ

Lukas Vaskes Yevropada qolishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lukas Vaskes Yevropada qolishi mumkin
Photo: Getty Images

"Real" klubi o'ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes tez orada erkin agentga aylanadi.

Jurnalist Yagiz Sabuncho'g'lining ma'lum qilishicha, futbolchi "Fenerbahche" klubi safiga borib qo'shilishi mumkin. Turkiya klubi unga taklif tayyorlamoqda.

Futbolchining "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi klublar o'rtasidagi jahon chempionati yakunlanganidan so'ng yakuniga yetadi.

Avvalroq, 33 yoshli futbolchiga da'vogarlar orasida Saudiya Arabistoni chempionati vakillari ham tilga olingan edi.

Ma'lumot o'rnida, Vaskes o'tgan mavsumda 51 ta o'yin o'tkazgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting