locale OZ

Lukakuning qachon safga qaytishi mumkinligi maʼlum boʻldi

Belgiyalik hujumchi avgust oyida jinsiy jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lukakuning qachon safga qaytishi mumkinligi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku uzoq muddatli tanaffusdan soʻng safga qaytishga tayyor. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, 32 yoshli belgiyalik forvard 14 avgust kuni «Olimpiakos»ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida son mushaklaridan jiddiy jarohat olib, shu paytgacha maydonga tusha olmayotgan edi.

Lukaku 2024 yilning yozida «Chelsi»dan 30 million yevro evaziga «Napoli» safiga oʻtgan oʻtgandi. U oʻtgan mavsum A Seriyada jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlib, 14 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma bilan bu koʻrsatkich boʻyicha ham yetakchilik qilgan.

Joriy mavsumda esa tajribali hujumchi hali birorta rasmiy oʻyinda maydonga tushgani yoʻq, ammo shu hafta ichida safga qaytishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting