Lukakuning qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi
«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku 18 dekabr kuni «Milan»ga qarshi boʻlib oʻtadigan Italiya Superkubogi yarimfinalida maydonga qaytishi mumkin. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar bermoqda.
Eslatib oʻtamiz, belgiyalik forvard 14 avgust kuni «Olimpiakos»ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida chap son mushaklaridan jiddiy jarohat olgandi.
«Napoli» tibbiyot xodimlari futbolchining tiklanish jarayonini tezlashtirish niyatida emas. Dastlab Lukaku noyabr oyi oxirida maydonga qaytishi mumkinligi aytilgan boʻlsa-da, klub xavfsizroq yoʻlni tanlab, uni toʻliq sog'aygachgina oʻyinga qaytarishga qaror qilgan.
Maʼlumot uchun, Lukaku 2024 yildan buyon «Napoli» safida toʻp surmoqda. Uning neapolliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.