locale OZ

Lukaku qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lukaku qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
Фото: Getty Images

Belgiya terma jamoasi va “Napoli” hujumchisi Romelu Lukaku jarohati sababli qancha muddat maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sky Italia nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazmaydi, biroq uning tiklanishi uchun 3-4 oy kerak bo‘ladi.

O‘tgan mavsum u neapolliklar safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 22 million yevroga baholanmoqda.

“Napoli” hozirda Lukaku o‘rniga boshqa hujumchi izlamoqda va bir nechta nomzodlarni o‘rganib chiqmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting