locale OZ

Lukaku faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Lukakuning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lukaku faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

Amerika Qo‘shma Shtatlari MLS chempionatida ishtirok etuvchi “Atlanta United” klubi “Napoli” hujumchisi Romelu Lukakuni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat boshladi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolieri ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Amerika klubi tajribali belgiya hujumchisi transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda va asosiy e’tibor futbolchining shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishga qaratilgan.

Avvalroq Romelu Lukakuga Turkiyaning ikki yirik klubi — “Fenerbahche” va “Beshiktosh” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozircha MLS vakili ham ushbu transfer uchun jiddiy kurashga qo‘shilgan.

Lukakuning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiladi. Biroq o‘tgan mavsum u jarohati sababli musobaqalarning katta qismini o‘tkazib yubordi. Natijada tajribali hujumchi barcha turnirlarda atigi 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting