Lukaku faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishi mumkin
Unga "Anderlext" qiziqmoqda.
ФОТО: Getty images
“Napoli” hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
The Athletic nashri xabar berishicha, Lukaku jarohatlar sababli muvaffaqiyatli mavsum o'tkaza olmayapti. Ushbu holat tufayli u Antonio Konte bosh murabbiyligi ostida daxlsiz futbolchi maqomini yo'qotdi.
Belgiya klublari esa 33 yoshli forvardga qiziqmoqda va uni ortga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Ehtimoliy klub sifatida “Anderlext” tilga olinmoqda. Romelu aynan shu jamoada 2009–2011 yillar oralig'ida professional faoliyatini boshlagan.
Shuningdek, Lukaku bunga qadar APL klublarida uzoq vaqt to'p surgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist