locale OZ

Luka Modrichning qizi “Milan”dan “Real”ga o‘tdi

Luka Modrich 2012–2025-yillar davomida “Real Madrid” sharafini himoya qilgan va klub tarixidagi eng sovrindor futbolchilardan biriga aylangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Modrichning qizi “Milan”dan “Real”ga o‘tdi
Foto: Getty Images

“Real Madrid”ning sobiq yarim himoyachisi Luka Modrichning qizi Ema Modrich faoliyatini Madrid klubining ayollar akademiyasida davom ettiradi. Yosh futbolchi “Real”ning kadet jamoasiga qo‘shildi.

Ema o‘tgan mavsum “Milan”ning yoshlar jamoasida to‘p tepgan. U 2026-yil bahorida Turinda o‘tkazilgan Coppa Garino turnirida jamoasi bilan chempion bo‘lgan. “Milan” yarim finalda “Inter”ni, finalda esa “Yuventus”ni mag‘lub etgan.

Ema Madridda tug‘ilgan va bolaligining katta qismini shu shaharda o‘tkazgan. Avvalroq u Madrid CFF akademiyasida shug‘ullangan. “Real Madrid” qizlar akademiyasida uning yoshiga mos jamoa bo‘lmagani sabab o‘sha paytda klub tizimiga to‘liq qo‘shila olmagan edi. Endi esa u “Real”ning ayollar kadet jamoasida faoliyatini davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, Luka Modrich 2012–2025-yillar davomida “Real Madrid” sharafini himoya qilgan va klub tarixidagi eng sovrindor futbolchilardan biriga aylangan. Endilikda uning qizi ham Madrid klubida futbolchilik faoliyatining yangi bosqichini boshlaydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting