locale OZ

Luka Modrich yozda «Milan»ni tark etadi — Tuttosport

Xorvatiyalik xavbek «rossonerilar» bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Modrich yozda «Milan»ni tark etadi — Tuttosport
FOTO: Getty Images

Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich «Milan» bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi va shu yozda jamoadan ketadi. Tuttosport nashrining xabar berishicha, tajribali xavbek o‘z qarorini Italiya klubi rahbariyatiga ma’lum qilib ulgurgan. Xorvatiyalik yulduz «rossoneri»ga Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda yordam bermoqchi edi, biroq vazifa uddalanmadi. Bu muvaffaqiyatsizlik ortidan bosh murabbiy Massimiliano Allegri, bosh direktor Djordjo Furlani va sport direktori Igli Tare istefoga chiqarildi.

Modrich «Milan» safiga 2025 yilning yozida erkin agent maqomida kelib qo‘shilgan edi. Yakunlangan mavsum davomida u milanliklar libosida barcha turnirlarda jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, u yozgi transfer oynasida yangi jamoaga ko‘chib o‘tadi.

Ushbu iqtidorli yarimhimoyachi muqaddam uzoq yillar davomida Madridning «Real» klubi sharafini himoya qilgan. «Qirollik klubi»dagi 13 yillik faoliyati davomida 39 yoshli futbolchi 6 bor Chempionlar Ligasida, 4 marta Ispaniya chempionatida va 2 marta mamlakat kubogida zafar quchgan. Shuningdek, u 5 martadan Ispaniya Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va UEFA Superkubogi sohibiga aylangan, 2024 yilda esa Qit’alararo kubokni ham qo‘lga kiritgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting