locale OZ

Luka Modrich Lionel Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Modrich Lionel Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin
FOTO: Getty Images

39 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Modrich bir mavsum uchun shartnoma imzolaydi. Ta'kidlanishicha, “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi avvalroq klub rahbariyatidan xorvatiyalik futbolchini taklif qilishni so'ragan.

Ma'lumot uchun, Modrich joriy mavsum barcha turnirlarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting