Luka Modrich Ispaniyaga qarshi o‘yindan so‘ng Xorvatiya termasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin
Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich yaqin orada milliy jamoa bilan xayrlashishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, tajribali yarim himoyachi Ispaniyaga qarshi bo‘ladigan uchrashuvdan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Modrich ushbu qarorni allaqachon qabul qilgan va Ispaniyaga qarshi bahs uning Xorvatiya terma jamoasi safidagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi ehtimoli yuqori. Rasmiy e'lon esa uchrashuvdan keyin berilishi kutilmoqda.
40 yoshli futbolchi 2006-yildan buyon Xorvatiya sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u jamoani 2018-yilgi Jahon chempionati finali, 2022-yilgi mundialning uchinchi o‘rni hamda UEFA Millatlar ligasi finaligacha olib chiqqan holda mamlakat futboli tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biriga aylandi.
Agar bu ma'lumot tasdiqlansa, Ispaniyaga qarshi uchrashuv Luka Modrichning Xorvatiya termasi safidagi afsonaviy faoliyatiga yakun yasaydigan tarixiy bahs sifatida esda qoladi.