locale OZ

Luka Jovich BAA chempionatida toʻp suradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Jovich BAA chempionatida toʻp suradi
Photo: Getty Images

“Milan” sobiq hujumchisi Luka Jovich Birlashgan Arab Amirliklari chempionatida ishtirok etuvchi “Sharja” klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda UAE Sport News xabar berdi.

Qayd etilishicha, transfer yakuniy bosqichda va 27 yoshli serbiyalik futbolchi yaqin kunlarda yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Jovich Amirliklarda yiliga taxminan 7 million yevro maosh oladi.

Eslatib oʻtamiz, Luka iyun oyi oxirida “Milan” bilan shartnomasi tugaganidan soʻng klubni tark etgandi.

U italiyaliklar safida bir mavsum toʻp tepdi va 47 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi hamda 2 ta assist muallifi boʻldi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting