Luka Din «PSJ»ga qaytmoqda
«Aston Villa» va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Luka Din faoliyatini Fransiyada davom ettiradi. Taniqli insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, «PSJ» rahbariyati 32 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.
Manbaga ko‘ra, Parij klubi ingliz jamoasini Din shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lashini ma’lum qilgan. Ushbu summa 10 million yevrodan kamni tashkil etadi. Transfer esa 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng rasman rasmiylashtiriladi.
Ma’lum qilinishicha, Luka Din jamoadagi Nunu Mendeshning zaxirasi sifatida chap qanot himoyasida harakat qilishga rozilik bergan.
Qayd etish joiz, fransuz futbolchisi avval ham «PSJ» sharafini himoya qilgan. U 2013–2015 yillar davomida Parij klubi safida to‘p surgan.
2025/2026 yilgi mavsumda Luka Din barcha musobaqalar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.