Luis Suares faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin
Lissabonning «Sporting» klubi markaziy hujumchisi Luis Suares mavsum yakunlangach, jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda Correio da Manhã nashri xabar bermoqda.
28 yoshli kolumbiyalik futbolchiga Angliyaning «Liverpul» va «Nyukasl» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Lissabon klubi rahbariyati forvard bilan xayrlashish ehtimolini inkor etmayapti, biroq uni kamida JCH-2026 yakuniga qadar jamoada saqlab qolishni ko‘zlamoqda.
Suares mazkur jahon birinchiligida Kolumbiya terma jamoasi sharafini himoya qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Luis Suares 2025 yilning yozida «Almeriya»dan 22,95 million yevro evaziga «Sporting» safiga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda hujumchi o‘ta yuqori sermahsullik namoyish etmoqda: u klub miqyosida barcha turnirlar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.