Luis Figu Infantinoni iste’foga chiqishga chaqirdi
Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Luis Figu FIFA prezidenti Janni Infantinoni keskin tanqid qilib, uni o‘z lavozimini tark etishga chaqirdi.
“FIFA muammolari haqida 10 ming so‘z yozishim mumkin. Ammo yechim uchta so‘zdan iborat: Infantino ketishi kerak”, — dedi Figu.
Sobiq futbolchining ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda FIFA atrofida oshkor bo‘lgan voqealar futbol olamida u ko‘rgan eng tuban, yolg‘on va manfaatparast xatti-harakatlardan biri bo‘lgan.
Figu, shuningdek, FIFAning tijoriy huquqlarga xususiy investorlarni jalb qilish rejalarini tanqid qildi. Uning fikricha, tashkilot futbolni rivojlantirish uchun yetarlicha katta moliyaviy zaxiraga ega va bunga xususiy sarmoyadorlarni aralashtirish shart emas.
Ma’lumot uchun, Luis Figu 2017-yildan buyon UEFA maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.