Luis Enrike YChL qurasi vaqtida velosiped sayriga chiqdi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike UEFA Chempionlar Ligasi liga bosqichi qurasi jarayonini kuzatmaganini ma’lum qildi. Ispaniyalik mutaxassis bu haqda “Lill”ga qarshi uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.
Enrikening aytishicha, so‘nggi uch mavsum davomida u qurani o‘z kabinetida kuzatgan va PSJga doimo kuchli raqiblar tushgan. Shu sababli bu safar murabbiy qurani tomosha qilmaslikka qaror qilgan.
“Bugun velosipedga minib, Parij bo‘ylab sayr qilaman. Qaytganimdan keyin menga hammasini aytib berishadi. Har holda, o‘tgan yilgidan yomonroq bo‘lmasa kerak”, — deya hazillashdi Enrike.
Ma’lumot uchun, qura natijasiga ko‘ra, PSJ liga bosqichida “Barselona”, “Galatasaray”, “Manchester Siti”, “Roma”, “Aston Villa”, “Vilyarreal”, “Slovan Bratislava” va “Komo”ga qarshi maydonga tushadi.