Luis Enrike va «PSJ» hamkorlikni uzaytirmoqchi
Ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike va «Pari Sen-Jermen» klubi yaqin vaqt ichida amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Murabbiy kelgusida ham Parij klubini rivojlantirish ustida ishlashni davom ettirmoqchi va jamoa bilan yana bir bor UEFA Chempionlar Ligasi kubogini qoʻlga kiritishni maqsad qilgan. Parijliklar rahbariyati ayni paytda mutaxassis bilan klubning yozgi transfer bozoridagi strategiyasini muhokama qilishga kirishgan.
Maʼlumot uchun, Luis Enrike 2023 yilning yozidan buyon «PSJ» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻtgan davr mobaynida u jamoani uch marta Fransiya chempionligiga boshlab keldi, ikki bor Fransiya Kubogi va uch marta mamlakat Superkubogida zafar quchdi.
Bundan tashqari, «PSJ» ispan hissa murabbiyi qoʻl ostida ikki marta Chempionlar Ligasida gʻolib chiqdi, UEFA Superkubogi hamda FIFA Qitʼalararo kubogini qoʻlga kiritdi.