locale OZ

Luis Enrike va Ernesto Valverde Negreyra ishi boʻyicha sudda koʻrsatma berdi

2023 yilda «Barselona» hakamlar qoʻmitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Negreyra bilan bogʻliq ish doirasida poraxoʻrlikda ayblangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Enrike va Ernesto Valverde Negreyra ishi boʻyicha sudda koʻrsatma berdi
FOTO: Getty Images

«Barselona»ning sobiq bosh murabbiylari Luis Enrike va Ernesto Valverde Negreyra ishi bo‘yicha sudda ko‘rsatma berib, hakamlar hisobotlari mavjudligi haqida xabarlari bo‘lmaganini ma’lum qildi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Luis Enrikening so‘zlariga ko‘ra, u ishlagan davrida na o‘ziga, na murabbiylar shtabiga hakamlar tomonidan tuzilgan qandaydir hisobotlar ko‘rsatilmagan yoki ular haqida gapirilmagan. Murabbiy bu borada mutlaqo xabarsiz bo‘lganini qat’iy ta’kidlagan.

Shu bilan birga, «Barselona» prezidenti Joan Laporta ushbu hisobotlar haqiqatda mavjud bo‘lganini va ular klub uchun «foydali» ekanini aytib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda «Barselona» sobiq hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) vitse-prezidenti Xose Negreyra bilan bog‘liq ish doirasida poraxo‘rlikda ayblangan edi. Klub 2001–2018 yillar oralig‘ida Negreyraga qariyb 8,4 million yevro to‘lagani aytiladi. Xose Negreyra esa bu to‘lovlar hakamlarga ta’sir o‘tkazish maqsadida amalga oshirilganini inkor etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting