Luis Enrike «PSJ»da yiliga 20 mln yevro maosh oladi
Enrikening avvalgi shartnomasida yillik maoshi 12 mln yevroni tashkil etgan.
ФОТО: Getty images
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike yangi shartnoma orqali maoshini sezilarli darajada oshirdi.
L’Équipe ma’lumotiga ko‘ra, 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitim bo‘yicha ispaniyalik mutaxassis soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan oldin yiliga 20 mln yevro ishlab topadi.
Enrikening avvalgi shartnomasida yillik maoshi 12 mln yevroni tashkil etgan. Shu tariqa, mutaxassisning yillik daromadi 8 mln yevroga oshgan. Parij klubi rahbariyati bu maoshni Enrikening jamoadagi maqomi va so‘nggi natijalariga munosib deb hisoblamoqda.